AsosiyDunyo

2017 YILDA SOTILGAN ENG QIMMAT OLMOS NOMI MA`LUM QILINDI

'2017 YILDA SOTILGAN ENG QIMMAT OLMOS NOMI MA`LUM QILINDI'ning rasmi

Buyuk Britaniyaning Christie’s va Sotheby’s kimoshdi savdo uylarining 2017 yilgi umumiy daromadi bir milliard dollardan oshdi, deb xabar beradi Rossiyaning “Minerallar katalogi” ilmiy-ommabop internet nashri. Bunday rekord ko`rsatkichga noyob qimmatbaho toshlar savdosi hisobiga erishilgan.

Christie’s yiliga sakson turdagi yo`nalish bo`yicha uch yuz ellikka yaqin kimoshdi savdolari o`tkazadi. 2017 yilda mazkur savdo uyi tomonidan to`qqizta yangi rekord o`rnatildi. Xususan, Rokfeller zumradi, “Pink Promise”, “de Grisogono” va “Grand Mazarin” noyob olmoslar savdolari kompaniyaga katta omad keltirdi.

Sotheby’s ham zargarlik buyumlari savdosidan mo`maygina daromad oldi. Ushbu savdo uyida 71 million dollardan ziyodga sotilgan “CTF Pink Star” nodir olmosi 2017 yil rekordini o`rnatdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar