AsosiyJamiyat

QIRG`IZISTON DELEGASIYaSI SAMARQANDDA

'QIRG`IZISTON DELEGASIYaSI SAMARQANDDA'ning rasmi

Qirg`iziston Respublikasi Jogorku Keneshi raisi D. Jumabekov boshchiligidagi delegasiya 20 dekabr kuni Samarqand shahrida bo`ldi.

Mehmonlar dastlab Hazrati Xizr majmuasida bo`lib, O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Buyuk Yurtboshimiz xotirasiga hurmat bajo keltirildi. Majmuada amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari, mahobatli maqbara, milliy uslubdagi ayvon va boshqa inshootlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Qirg`iziston delegasiyasi vakillari buyuk muhaddis Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi. Registon majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Ulug`bek rasadxonasi va boshqa tarixiy obidalarda bo`ldi. Mehmonlarga osoriatiqalar tarixi va viloyatda keyingi yillarda olib borilgan bunyodkorlik-obodonchilik ishlari haqida hikoya qilindi.

    Boshqa yangiliklar