Rio-de-Janeyroda Olimpiada va Paralimpiya o`yinlari davomida shaharning kam ta`minlangan aholisi sayyoramizning eng yaxshi oshpazlari tayyorlagan taomlardan tatib ko`rishlari uchun restoran ochilgandi...
Shunday bo`ldiki, Olimpiada qishlog`i restoranlari uchun sotib olingan mahsulotlar juda ko`p chiqdi. Bundan xabar topgan braziliyalik bosh oshpaz Devid Gers va uning italyan hamkasbi Massimo Bottura bu mahsulotlarni Rioning kam ta`minlangan aholisiga sarflashni lozim topishdi.
Shunda kam ta`minlanganlar bepul ovqatlanishi mumkin bo`lgan restoran ochildi.
Gers va Botturaning jamoasiga Er sharining barcha burchaklaridan 45 nafar bosh oshpazlar qo`shilishdi va "Refettorio Gastromotiva" loyihasi muvaffaqiyatli start oldi.
“Biz isrofgarchilikka qarshi chiqib, ochlik bilan kurashamiz hamda odamlar munosib ravishda ovqatlanishlari uchun imkoniyat yaratdik”, degandi o`shanda Devid Gers.
Olimpiada o`yinlari yakunlanganidan so`ng esa restoran “o`z tushliging uchun pul to`lab, muhtoj odam uchun bepul taom hadya et” tamoyili asosida ishlay boshladi.
Bunday tashabbus birdamlik asosida zamonamizning ko`plab muammolarini hal etish mumkinligini jamiyatga namoyish etishning eng zo`r imkoniyatlaridan beri deb hisoblaymiz.