1

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING GRUZIYaDAGI FAVQULODDA VA MUXTOR ELChISI TAYINLANDI

Siyosat 21.12.2017, 16:07
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING GRUZIYaDAGI FAVQULODDA VA MUXTOR ELChISI TAYINLANDI

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`n uchinchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan O`zbekiston Respublikasining Gruziyadagi Favqulodda va muxtor elchisini tayinlashga oid masala ham ko`rib chiqildi.

Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investisiyalar va turizm masalalari qo`mitasi tomonidan taqdim etilgan ushbu masala bo`yicha Sherzod Fayziev O`zbekiston Respublikasining Gruziyadagi Favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tavsiya etildi. Bu haqda “Qalampir.uz” O`zAA xabariga asoslanib ma`lum qildi.

“Masalani atroflicha ko`rib chiqqan senatorlar Sherzod Fayzievni O`zbekiston Respublikasining Gruziyadagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlash bo`yicha qaror qabul qildi”, - deyiladi O`zA xabarida.

Ma`lumot o`rnida, Sherzod Fayziev bungacha O`zbekiston Respublikasining Ozarbayjon Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi bo`lib faoliyat yuritib kelgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1