Jiyanlar, dugonalarning, qo`shnilar va tanishlarning farzandlariga sovg`a tanlayotib, chalkashib ketmaslik uchun bolalarning yoshini inobatga oling. Masalan:
- 1-2 yoshli bolakaylar qo`g`irchoqlar, yumshoq o`yinchoqlar, kubiklar, suratli kitoblar, piramidalar, chelakchalar, shaklchalarni yaxshi ko`rishadi.
- 2-3 yoshli bolalar uchun konstruktorlar, musiqiy o`yinchoqlar, bo`yoqlar, idishlar, qo`g`irchoq uchun kiyim va mebel, bola dunyoqarashini kengaytiradigan o`yinchoqlar tanlang.
- 3-4 yoshda bolani mozaika, stol o`yinlari, kaleydoskop, mashinalar, soldatchalar, qo`g`irchoq uchun kolyaska qiziqtiradi.
- 4-5 yoshli qizaloqlar uchun taqinchoqlar (masalan, soch uchun), o`g`il bolalar uchun esa bolalarbop loto yoki domino, bo`yash uchun yog`och shaklchalar olish mumkin.
- 5-6 yashar bolalar bolalarbop soatlar, magnitli alifbo, azbuka sovg`a qilishsa, xursand bo`lishadi.
- 6-7 yoshli bolalarga esa bolalar ensiklopediyasi yoki ryukzak hadya qilishingiz mumkin.
Shuningdek, sovg`a tanlashda farzandingizning istaklarini ham inobatga oling.