1

ShAVKAT MIRZIYoEV: “DEPUTATLAR, SENATORLARIMIZ UYG`ONIShI KERAK”

Siyosat 22.12.2017, 11:56
ShAVKAT MIRZIYoEV: “DEPUTATLAR, SENATORLARIMIZ UYG`ONIShI KERAK”

Bu – hayot talabi, degan gaplar gapligicha qolib ketdi. Yana bir bor aytaman, amaliy natija yo`q, deya ta`kidladi Prezidentimiz Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a`zolariga Murojaatnomasida.

Yil davomida bildirilgan 136 ta qonunchilik tashabbusidan bor-yo`g`i 27 tasi deputatlarga tegishli bo`lsa, ular ham asosan amaldagi qonunlarga Prezidentning farmon va qarorlaridan kelib chiqadigan o`zgartish va qo`shimchalar bo`lsa, shuning o`zi parlamentimizda faoliyat samarasi naqadar past ekanini ko`rsatmaydimi?

Nima, islohotlarni amalga oshirish uchun faqat Prezident farmon va qarorlar qabul qilishi kerakmi? Qachon parlament, mayli, ko`p emas, hech bo`lmasa bitta sohani tubdan yaxshilashga qaratilgan qaror yoki qonun ishlab chiqadi? Qachon bo`ladi bu ish? Xalqimiz sizlardan bu borada javob kutmoqda. Deputat yoki senator bo`lib saylandik, bo`ldi, endi o`zimiz xohlagancha yuramiz, degan gaplar o`tmishda qolib ketdi. Yana bir bor aytaman, uyg`onish kerak, dedi Shavkat Mirziyoev.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1