2018 YILNING 10 YaNVARIGA QADAR OLIMPIYa QO`MITASI FAOLIYaTINI YaNGIChA ASOSDA TAKOMILLAShTIRISh BO`YIChA PREZIDENT QARORI IMZOLANADI

Siyosat 22.12.2017, 15:38
2018 YILNING 10 YaNVARIGA QADAR OLIMPIYa QO`MITASI FAOLIYaTINI YaNGIChA ASOSDA TAKOMILLAShTIRISh BO`YIChA PREZIDENT QARORI IMZOLANADI

2018 yilning 10 yanvariga qadar Olimpiya qo`mitasi faoliyatini yangicha asosda takomillashtirish bo`yicha Prezident qarori imzolanadi. 2017 yilda o`zbek sporti sohasida katta ishlar qilindi. Shaxmat bo`yicha o`zbekistonlik yosh grossmeyster chiqdi.

Boks, dzyudo, erkin kurash bo`yicha xalqaro musobaqalarda ko`plab yutuqlarga erishildi. Yana bir muhim voqea, joriy yil 20 sentyabrda Ashxobod shahrida bo`lib o`tgan Osiyo Olimpiya kengashi Bosh assambleyasida kurash yozgi Osiyo o`yinlari dasturiga kiritildi. Endi “halol”, “ta`zim”, “to`xta”, “yonbosh” degan so`zlar dunyo sport arenalarida yangraydi.

Mamlakatimizda futbolni rivojlantirish bo`yicha Prezidentimiz qarori 2018 yilning 10 yanvariga qadar imzolanishi aytib o`tildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1