AsosiySport

“Real” yana mag`lubiyatga uchradi va 3-o`ringa tushdi(VIDEO)

Kecha Ispaniya chempionati doirasida “Barselona” hamda “Real” klublari o`z uchrashuvlarini o`tkazishdi.  

Chempionatning 30-turidan o`rin olgan “Sevilya” hamda “Real” jamoalari o`rtasidagi uchrashuvda maydon egalari 2:1 hisobi bilan g`alaba qozonishdi.

O`yinning 14-daqiqasidayoq Ronaldu mehmonlani hisobda qoldinga olib chiqdi. Oradan 5 daqiqa o`tgach ”Sevilya” a`zosi Bakka muzvozanatni tikladi.

Ikkinchi bo`limning 72-daqiqasida Bakka ushbu uchrashuvda o`zining ikkinchi to`pini kiritdi – 2:1. Uchrashuv oxiriga qadar Anchelotti shogirdlari tablodagi natijani o`zgartira olishmadi.

“Barselona” esa o`z maydonida “Selta” klubini 3:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. Uchrashuvda Neymar 2 ta to`p kiritgan bo`lsa, Messi o`z hisobida bitta gol yozib qo`ydi.

 

    Boshqa yangiliklar