Bugun Rossiya Markaziy saylov komissiyasi Liberal demokratik partiya etakchisi Vladimir Jirinovskiyni bo`lib o`tadigan saylovlarga nomzod sifatida ro`yxatga oldi.
“Qalampir.uz” nashrining yozishicha, Jirinovskiy prezidentlikka nomzod sifatida Markaziy saylov komissiyasiga kerakli barcha hujjatlarni topshirgan birinchi nomzod bo`ldi. Markaziy saylov komissiyasi uning ishonchli vakillariga kerakli bankda hisob raqami ochishga ruxsat berdi.
Rossiya prezidentligiga saylovlar 2018 yilning 18 marida o`tkaziladi. Vladimir Jirinovskiy davlat rahbarligiga saylanish uchun oltinchi marta urinib ko`radi.






