1

SAMARQANDDA ROSSIYaDA BIRINChI O`RINDA TURUVChI POMIDOR ETIShTIRMOQDA

Iqtisodiyot 23.12.2017, 14:34
SAMARQANDDA ROSSIYaDA BIRINChI O`RINDA TURUVChI POMIDOR ETIShTIRMOQDA

O`zbekistonning 2017-2021-yillar uchun mo`ljallangan milliy rivojlanish strategiyasi bog`dorchilikni qo`llab quvvatlash, qishloq joylarda yangi ish o`rinlari yaratish, oziq-ovqat xavfsizligini oshirish va eksportni takomillashtirishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan. Mablag`idan Samarqand viloyatida 58 fermer va agrofirmaga imtiyozli kreditlar berildi hamda 2800 ga yaqin fermer xo`jaliklari Jahon banki tomonidan moliyalashtirilgan, qadoqlash, qayta ishlash, sovutiladigan omborlar va ko`chat etishtirish bo`yicha maxsus xonalar kabi xizmatlar va qulayliklardan bahramand bo`lishdi.


Samarqandlik yosh tadbirok Firdavs Rajabov ham Janubiy Koreyaning ilg`or texnologiyalari asosida zamonaviy issiqxona tashkil qildi. Kompyuterlashtirilgan issiqxona. 1 gektar maydondagi issiqlik, namlik va suvga bo`lgan talab avtomatik boshqariladi.

“Grand Samarkand Seoul” MChJ Jahon bankining 500,000 AQSh dollari (4 trillion so`m) miqdoridagi krediti va 173 000 AQSh dollari (1,4 trillion so`m) o`z mablag`lari hisobidan barpo etilgan. Issiqxonada 25 ming tup pomidor ko`chati hosilga kirdi. Birinchi hosilning o`zidan 1,5 millar so`mlik mahsulot chiqarishni reja qilgan.


“Pink Paradise”– pushti jannat navli pomidor pishib etishganda pushti rangda bo`ladi. O`zining ajoyib ta`mi va bozorbop ko`rinishi bilan ajralib turadi. Uzoq masofalarga tashishga yaroqli. Tadbirkorlar pomidorni yanvar oyidan boshlab Rossiyaga eksport qilishni rejalashtirigan.

Firdavs Rajabovga Koreyadan keltirilgan ultrabinafsha nur tarqatuvchi maxsus lampalar pomidor hosilini boshqa issiqxonalardan bir oy oldin yig`ib olish imkonini beradi. Lampalar tunda 30 % quyosh nuri kuchini beradi. Demak, issiqxonada tunu kun etarlicha issiqlik bor.

Milliy rivojlanish strategiyasi doirasida innivosion loyihalarni qo`llab quvvatlashga e`tibor qaratilayotgani tadbirkorlarga katta ko`mak bo`lmoqda. Samarqand viloyati bo`yicha gaz ta`minoti korxonalarining yordami bilan gazlashtirish ishlari ham bajarildi. Hozirda issiqxonani issiqlik energiyasi bilan ta`minlash uchun foydali ish koefsenti 90%dan kam bo`lmagan energiya tejaydigan qozonlar o`rnatildi.


- O`zim agrar sohada oliy ma`lumotga emasman. Bugunga qadar qariyb bir yil davomida issiqxonani yuritish, foyda olishni o`rgandim. Koreys tilini ham o`rganib hamkorlarim bilan bemalol muloqot qilaman. Tadbirkorlarga yaratilgan imkoniyatdan foydalanish yo`lidagi harakatlarim tufayli Koreyalik hamkorlar bilan shartnoma imzoladim. Imtiyozli kredit oldim. 2017- yil ham tadbirkorlarning yili bo`ldi,-deydi Firdavs Rajabov.

LEE MUN WOO-Cowin Koreya LTD agronomi /Janubiy Koreya/

-Biz O`zbekiston, Vetnam, Xitoy kabi davlatlar bilan shartnoma imzolab, issiqxonalarda qo`ziqorin, bodring, pomidor etishtiramiz. Eringiz unumdor. Serquyosh o`lkaning iqlimi biz kutgan eksportbop mahsulot olishda katta yordam beradi. Bugungi kunda O`zbekistonda etishtirilgan pomidor Rossiyada birinchi o`rinni egallab turibdi.

Mu`tabar Nurmuhammedova

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1