PREZIDENT MUROJAATNOMASI HAQIDA YuRTDOShLARIMIZ QANDAY FIKRDA?

Siyosat 23.12.2017, 15:46
PREZIDENT MUROJAATNOMASI HAQIDA YuRTDOShLARIMIZ QANDAY FIKRDA?

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis Senati a`zolari va Qonunchilik Palatasi deputatlariga murojaatnomasi xalqimiz tomonidan katta hayajon bilan kutib olindi. Mazkur murojaatnomaxususida yurtdoshlarimizning fikrlari bilan qiziqdik.

Akmal Saidov, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari qo`mitasi raisi:

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan parlamentga taqdim etilgan Murojaatnoma nafaqat ijtimoiy-siyosiy va sosial-iqtisodiy, huquqiy va ma`naviy-ma`rifiy hayotimizda, balki qonun ijodkorligi bilan bog`liq jarayonlarda ham g`oyat katta ahamiyat kasb etadi. Davlat boshlig`ining Murojaatnomasida bayon etilgan reja va loyihalar, hech shubhasiz, mamlakatimiz taraqqiyotini, xalqimiz farovonligini, Vatanimiz obro`-e`tiborini yangi, yanada yuksak bosqichga ko`tarishga qaratilgandir.

Sherzod G`ulomov, O`zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assosiasiyasi Boshqaruvi raisi o`rinbosari – bosh direktori.

Muhtaram Prezidentimiz mazkur murojaatnomada ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirishga alohida urg`u berdilar. Bugungi kunda mamlakatimizda OAVlar soni 1500 dan oshdi. Ularning asosiy qismini nodavlat ommaviy axborot vositalaritashkil etadi.

Prezidentimizning kelgusida ana shu OAV uchun munosib kadrlar tayyorlash maqsadida alohida oliy o`quv yurti tashkil etish haqidagi takliflari ham soha rivojida juda katta ahamiyat kasb etadi, deb o`ylaymiz.

Farhod Ibragimov, “Mirzo Ulugbek Innovation Center” Innovasiya markazining direktori:

— 2018 yilO`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan “Faol tadbirkorlik, innovasion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili” deb e`lon qilindi. Mazkur taklif mamlakat parlamentining ikkala palatasi qo`shma majlisida e`lon qilindi va keng jamoatchilikning rezonansiga sabab bo`ldi.

Prezidentimizning tashabbusi bilan tashkil etilgan “Mirzo Ulugbek Innovation Center” Innovasiya markazi uchun Yangi yil haqiqiy harakat va global miqyosda amaliy natijalar yiliga aylanishiga shubha qilmaymiz. Markazning asosiy maqsadi - AKT sohasida rivojlanayotgan tadbirkorlar bilan faol hamkorlik o`rnatish va ularning faoliyatini bir qator mahalliy vazifalarni hal qilish orqali rag`batlantirishdan iborat.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1