1

TURK ELChISI O`ZBEKISTON PREZIDENTINING MUROJAATNOMASI HAQIDA FIKR BILDIRDI

Siyosat 23.12.2017, 16:00
TURK  ELChISI O`ZBEKISTON PREZIDENTINING MUROJAATNOMASI HAQIDA FIKR BILDIRDI

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis Senati a`zolari va Qonunchilik Palatasi deputatlariga murojaatnomasi xalqimiz tomonidan katta hayajon bilan kutib olindi. Mazkur nufuzli anjumanda xorijiy mamlakatlarning yurtimizdagi vakolatxonalari rahbarlari, diplomatik korpus vakillari ham ishtirok etdi. Jumladan, Turkiya Respublikasining mamlakatimizdagi favqudlodda va muxtor elchisi Ahmet Bashar Shen mazkur murojaatnoma haqida o`z fikrlarini bildirdi:

Dunyoning ko`pgina mamlakatlarida davlat rahbarining har yili xalqqa, parlamentga murojaat qilishi avvaldan ma`lum. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev janobi oliylarining parlamentdagi murojaatnomasi ham mamlakatingiz tarixida juda katta voqea bo`ldi deyish mumkin. Ushbu anjumanni O`zbekistonning turli hududlaridagi mas`ul rahbarlar, xorijiy mamlakatlardagi elchilar ham bir vaqtning o`zida kuzatib borishdi. Ana shu jarayonda Toshkentdagi bir qator xorijiy diplomatlar bilan birga men ham bevosita ishtirok etganimdan mamnunman.

Muhtaram Prezident mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotidagi islohotlar haqida so`z yuiritib, bu borada hal etilishi lozim bo`lgan muammolarni ham tanqidiy nuqtai nazardan baholadilar. Bu albatta mamlakat taqdirida, taraqqiyotida muhim o`rin tutadi. Zotan, muammolarni ochiq-oshkor tan olmasdan, chuqur o`rganmasdan turib, ularni hal etib bo`lmaydi. Shuningdek, murojaatda galdagi vazifalarga ham alohida urg`u berildi.

Albatta, tilga olingan muammolar o`z echimini topsa, O`zbekiston yanada taraqqiy etadi, Prezident ilgari surayotgan 2017-2021 yillarga mo`ljallangan harakatlar strategiyasidagi barcha vazifalar ham bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etiladi.

Shavkat Mirziyoev ushbu anjumanda kirib kelayotgan 2018 yilni “Faol tadbirkorlik, innovasion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili” deb nomlashni taklif qildi. Yangi yilda bu borada mamlakatingizda keng qamrovli ishlar amalga oshirilishi shubhasiz. Barcha sohalara bo`lgani kabi ushbu yo`nalishda ham ikki mamlakat o`rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga barcha kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1