1

SERGELIDA SAYLOV BAYRAMONA KAYFIYaTDA O`TMOQDA

Siyosat 24.12.2017, 11:55
SERGELIDA SAYLOV BAYRAMONA KAYFIYaTDA O`TMOQDA

Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov qizg`in davom etmoqda. Toshkent shahar Sergeli tumanidagi 285-umumta`lim maktabida joylashgan 416-saylov uchastkasi aholi bilan gavjum.

Ushbu siyosiy jarayonga O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Toshkent shahrida xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov o`tkazish bo`yicha tashkiliy chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori asosida puxta tayyogarlik ko`rildi. Mahalla ko`magida hududdagi saylovchilar ro`yxati shakllantirilib, barcha tanishishi uchun qulay bo`lgan joyga joylashtirildi. 416-saylov uchastkasida 2 ming 900 dan ortiq saylovchi ro`yxatga olindi. Fuqarolarning yashirin ovoz berishi uchun kabinalar tayyorlandi. Saylov byulletenlari berish uchun joy ajratilgan va saylov qutilari o`rnatildi.

– Yurtdoshlarimizda mazkur saylovda ovoz berish orqali yorug` kelajakni qurishga hissa qo`shish istagi yuqoriligi sezilib turibdi, – deydi 416-saylov uchastkasi mas`ul kotibi Surayyo Jakbarova. – Ularning bu xohish-irodasini amalga oshirishi uchun saylov uchastkamizda barcha sharoit yaratilgan. Saylovga o`n kun qolganida ularning barchasiga taklifnoma tarqatildi. Birin-ketin ular o`zlari uchun munosib bo`lgan nomzodga ovoz berib chiqmoqda.

Uchastka komissiyasining samarali faoliyat ko`rsatishi uchun binoda barcha shart-sharoit yaratilgan. Zamonaviy kompyuter va aloqa vositalari, zarur mebel va boshqa jihozlar bilan ta`minlangan.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1