Nyu-Meksikoning Santa-Fe shtatida istiqomat qiluvchi 34 yoshli Natan Xrdliska dunyoda mavjud sonsiz tug`ilgan 25ta odamdan biri hisoblanadi. Ushbu insonlar o`rtasida faqatgina u yurishga qodir.
Natan ushbu nuqsoniga qaramay 19 yoshli Chelsi Styuart bilan uchrashib yuradi. Sevgilisining bo`yi Natandan ancha baland.

Sevishganlar Facebook orqali tanishgan.
"Kamchiligimga qaramay, men o`zimni juda baxtiyor his qilaman. Bunda menga Chelsining yordami juda katta. Chelsi meni har qanday holatda qo`llab-quvvatlaydi, u haqiqiy do`st", - deydi Natan.
Sevishganlarning kelajakda rejalari bisyor. Ular tibbiy markaz va qiyinchiliklarga duch kelgan insonlarga yordam berish xizmatini yo`lga qo`yishmoqchi.









