Rossiyaning Lipesk viloyatidagi Dobrov tumanida salonida 29 kishi bo`lgan avtobus avtohalokatga uchradi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Avtobus yo`ldan chiqib ketib, avtotrassa chetidagi ariqqa qulagan. Oqibatda 9 kishi jarohat olgan. Jabrlanganlar orasida 15, 7 va 1 yoshli bolalar bor. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 57 yoshli avtobus haydovchisi boshqaruvni yo`qotganligi tufayli yo`l-transport hodisasi ro`y bergan.






