AsosiyDunyo

AFRIKADA 2 TUMShUQLI 3 KO`ZLI MUShUKChA DUNYoGA KELDI

'AFRIKADA 2 TUMShUQLI 3 KO`ZLI MUShUKChA DUNYoGA KELDI'ning rasmi

JARning Sharqiy Kap provinsiyasida 2 tumshuqli, 2 og`izli va 3 ta ko`zli mushukcha dunyoga keldi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Betti Bi laqabli mazkur mushukcha genetik nuqsoni tufayli ovqatlanishga qiynaladi. Veterinarlar vaqt o`tgan sari uning ahvoli og`irlasha borishi va o`lishi haqida ogohlantirishdi. Mushukchaning egalari uni hayvonlar saqlanadigan maskanga topshirishga qaror qilishdi.

Facebook dagi postda ma`lum qilinishicha, u tug`ilgandan keyin 12 kun o`tgach, 227 grammga semirgan va ikki ko`zi ochilgan. Bunday genetik nuqson diproziya, deb ataladi. U anomal genning faolligi bilan bog`liq bo`lib, tumshuqning kengligi bilan namoyon bo`ladi. Mazkur nuqson bilan dunyoga kelgan hayvonlarning aksariyat qismi ko`p yashamay nobud bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar