Argentinalik futbolchi o`z rafiqasi Antonella Rokusso va farzandlari bilan Santa-Klausning uyiga mehmonga bordi.
Leonel Messi Santa-Klausga 25 raqamli “Barselona” futbolkasini sovg`a qildi.
“Barchani bayram bilan tabriklayman”, - deb yozadi Messi o`z Instagramida. Bir sutka davomida surat 3,5 million layk va 30 000 mingdan oshiq kommentariy to`pladi.
Messi va farzandlari qanday sovg`a olgani xabarda ko`rsatilmagan.






