AsosiyShou-biznes

SANJAR HOLIQOV ShAHLO AHMEDOVA BILAN BILAN MUNOSABATLARI HAQIDA TARQALGAN GAPLARGA OYDINLIK KIRITDI

'SANJAR HOLIQOV ShAHLO AHMEDOVA BILAN BILAN MUNOSABATLARI HAQIDA TARQALGAN GAPLARGA OYDINLIK KIRITDI 'ning rasmi

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rashid Xoliqov o`zining ko`p yillik ijodi bilan tinglovchilar dilidan chuqur joy olib ulgurdi. Bugun u san`at olamida yolg`iz emas. Xonandaning o`g`li – Sanjar ham xonandalik yo`lida ijod qilyapti.

— San`atkorning farzandi ijod yo`lini tanlasa, u eng kamida otasining darajasiga erishishi kerak. Xo`sh, sizning maqsad va rejalaringiz qanday?

—Ijod qilayotganimga endi bir yarim yil bo`lyapti. Dadam esa 26 yillik tajribaga ega professional san`atkor. Men haqimda xulosa chiqarishga hali erta. Nasib qilsa, men ham xuddi otam singari san`atda o`z o`rnimni topib, tajriba oshirib, xalqimizning ko`nglidan chuqur joy olaman. Bugun shu maqsadda izlanyapman.


— Familiyangizni, otangizning mashhurligini suiste`mol qilgan paytlaringiz bo`lganmi? Vijdonan javob bering!

— Yo`q! Odamlar tashqi ko`rinishimdan kimligimni bilib olishadi (kuladi). Shunday bo`lsa ham hech qachon biror muammmo yoki masala yuzasidan kimningdir eshigini qoqsam, dadamning nomidan foydalanmayman. O`zimni shaxs sifatida qabul qilishlarini xohlayman.

— Shou-biznesga kirganingizda siz uchun eng kutilmagan holat nima edi?

— Xonandalik faoliyatini boshlayotganimni eshitganlar «Shou-biznes dunyosi mashaqqatli. Qiynalib qolasan», deyishgandi. To`g`ri, har bir sohaning qiyinchiligi bor, buni bilardim. Ammo bu darajada, deb o`ylamagan ekanman. Odamlarning gap–so`ziga hayron qolaman. Qizig`i, tanimagan, biror marta men bilan gaplashmagan, ayniqsa, ayrim tengdoshlarim men haqimda salbiy fikrda. Birovga ziyonim tegmasa, nega menga bunday munosabat bildirishyapti, bilolmayman. Bunday holatlarga e`tibor bermaslikka harakat qilyapman. Asosiy e`tiborim o`qish va ijodimga qaratilgan.

—Kliplaringizni tomosha qilib oz muncha pul sarflanmaganini bilish qiyin emas. Qimmat klip suratga olishdan maqsad?

— Men video ketma-ketliklarimni qimmat emas, balki sifatli ijod maxsuli, degan bo`lardim. Maqsadimiz esa xalqimizni sifatli mahsulotga loyiq deb bilganimizdir.

— Kim bilan duet kuylashni orzu qilasiz?

— «Orzuimdagi san`atkor mana shu» deyolmayman. Ammo Shahlo Ahmedova bilan hamkorlik qilish rejamizda bor.


— Shahlo bilan munosabatlaringiz haqida gap tarqaldi. O`zingizdan eshitsak...

— Shahlo Ahmedova bilan san`atga kirib kelishimizdan avval tanishib, do`stlashganmiz. Bizning munosabatlarimizni muhabbatga yo`yish xato.

— Yaxshi. Uylanish rejangiz qachon?

— Hozircha bu haqida o`ylamayapman. Vaqti soati kelganida, ko`nglimdan joy oladigan qizni uchratsam, oila qurish haqida bir qarorga kelishim mumkin. Bugun esa faqat ijod bilan bandman.

— Qay bir ta`rif sizga ma`qul: Rashid Holiqovning o`g`li Sanjar Holiqovmi yo Sanjar Xoliqovning otasi Rashid Holiqov?

— Fikrimcha, o`z yo`limni topgunimga qadar, Rashid Holiqovning o`g`li, Sanjar Holiqov deya atashadi. Balki yillar o`tib, Sanjarning dadasi Rashid Holiqov deyishar. Lekin bu qiyin masala. Negaki, san`atda otam birinchi tanilgan. Men esa dadamning ishini davom ettirayotgan keyingi avlodman. Va bundan g`oyat fahrlanaman.

Aliya SULAYMANOVA

    Boshqa yangiliklar