AsosiyDunyo

UKRAINA FUTBOLI RAHBARI ROSSIYaDA O`TKAZILADIGAN JAHON ChEMPIONATIGA BORIShDAN BOSh TORTDI

'UKRAINA FUTBOLI RAHBARI ROSSIYaDA O`TKAZILADIGAN JAHON ChEMPIONATIGA BORIShDAN BOSh TORTDI'ning rasmi

Ukraina futbol Federasiyasi rahbari (FFU) Andrey Pavelko 2018 yilda Rossiyada o`tkaziladigan futbol bo`yicha jahon chempionatiga bormasligini bildirdi, deb xabar berdi Gazeta.ru nashri.

“Har qanday sharoitda ham, FIFA intizomiy qo`mitasi a`zosi bo`lsam-da, Rossiyada o`tkaziladigan jahon chempionatiga bormayman. Aslida esa qo`mita a`zosi sifatida ham qatnashishim shart edi, ammo ba`zi bir uzrli sabablarga ko`ra, chempionatga borishimning iloji yo`q. Mening ichki ruhiy holatim ham bunga yo`l bermayapti”, dedi Andrey Pavelko.

Rossiyada o`tkaziladigan futbol bo`yicha jahon chempionati mamakatning 11 ta shahrida 2018 yilning 14 iyunidan to 15 iyuligacha bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar