Oq uy panjarasidan oshib o`tgan shaxs qo`lga olindi

Dunyo 31.03.2014, 11:32
Oq uy panjarasidan oshib o`tgan shaxs qo`lga olindi

AQSh maxsus xizmatining prezident xavfsizligiga javobgar xodimlari Oq uy panjarasidan oshib o`tgan kishini qo`lga ushlashdi. 

Voqea mahalliy vaqt bilan 16:00da sodir bo`lgan. Maxsus xizmat vakili Brayan Lir so`zlariga ko`ra, jinoyatchi Oq uy panjarasidan o`tishi bilanoq qo`lga olingan. Shundan so`ng saroyga olib boruvchi barcha yo`llar yopilgan.  

Hozirda huquqni himoya qilish organlari qo`lga olinganning shaxsini hamda uning harakati maqsadlarini aniqlashmoqda. Uni jamoat tartibini buzish va davlat rahbari qarorgohi hududiga noqonunniy kirishda ayblashlari mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1