AsosiyDunyo

Facebook asoschisi Mark Sukerberg bir yilda atiga 1 dollar maosh oldi

Facebook ijtimoiy tarmog`idagi faoliyati uchun multimilliarder Mark Sukurberg maosh sifatida atiga 1 dollar oldi, deb yozadi Bloomberg. 2012 yilda u 503 205 dollar olgan edi.

Bundan Sukerberg Apple asoschisi Stiv Jobs va Google muassislari Larri Peyj va Sergey Brin izidan borishga qaror qilgani ko`rinib turibdi. Yuqorida nomlari qayd etilgan multimilliarderlar boy bo`lgandan keyin 1 dollar miqdorida ramziy yillik maosh olishni boshlashgan.

Ammo Mark Sukerbergning boshqa daromad manbai - Facebook aksiyalari bor, ular yosh milliarderga 3,3 mlrd. dollar daromad olib keldi. Ayni damda uning boyligi 26,7 mlrd. dollarni tashkil qiladi.

 

    Boshqa yangiliklar