Eng keskin, eng ekstremal sharoitlarda omon qolmoq uchun ikki omil juda muhimdir: avvalo, vaziyatga qay darajada shayligingiz, undan so`ng omad borasida qanchalik peshonangiz yorlaqanida. E`tiboringizga dengiz ofatlaridan omon qolgan eng omadi kulganlar o`ntaligini havola etamiz.
1. Bred Kavanax va Debora Kili.
1982 yili Men shtatidan Floridaga qayiqda safarga chiqqan besh kishi kuchli bo`ronga uchraydilar. Tunda qayiq deyarli butunlay suvga to`ladi va barcha yo`lovchilar zaxira damlama qayiqqa o`tirishlariga to`g`ri keladi. Bo`ron tingandan so`ng ham tabiiy ofat bilan kurash naq 18 soat davom etadi. Lekin bu hali holva edi. Boyaqishlarning atrofiga tishini qayrab och nahanglar to`plana boshlaydi. Bir yo`lovchi esa qoni zaharlangani bois ajal changaliga tushadi. Oradan ikki kun o`tib, ikki kishi ortiq bardosh berolmay, quruqlikkacha suzib borishga qaror qilishadi. Bu esa fojia bilan tugaydi – ikkovlon nahang baliqlar komida o`lim topishadi. Alal-oqibat, bu omadsiz dengiz safaridan ikki kishigina omon qoladi. Ularni yo`lovchi kema qutqarib qoladi.
2. Troy va Josh.
25 aprel, Josh Long (17 yosh) va uning eng yaqin do`sti Troy Driskoll (15 yosh) nahang baliq ovlashga chiqishadi. Yigitlar plyajdagi yuz berajak suvning ko`tarilish to`lqiniga oid belgilarga e`tibor bermay dengizga chiqishgandi. To`lqin ularni shunchalik tez dog`da qoldiradiki, yigitlar hatto qirg`oq tomon burilishga ham ulgurishmaydi. To`lqinlar bilan kurash davomida ikkovlon qarmoqlari, xo`raklarini yo`qotishadi va jazirama oftob tig`ida ochiq dengizda suvsiz-emaksiz qolishadi, vaqti-vaqti bilan meduzalar bilan oziqlanib, yigitlar olti kun dosh berishadi. Baxtlariga, oltinchi kuni yigitlarni topib olishadi. Shifokorlarning aytishicha, Troyning ahvoli shu darajada abgor ediki, yana biron soat kech qolganlarida uni qutqarib qolisholmas ekan.
3. Amanda Torns va Dennis Uayt.
Amanda, uning otasi Villi va cho`qintirgan otasi Dennis Uayt 6 noyabr kuni Bermud orollariga sayohatga otlanishadi. Taxminan tungi soat 12 larda bo`ron qo`padi va uchovlon qayiq kabinasiga yashirinishga majbur bo`lishadi. Ikki kishi uxlayotganda, Amandaning otasi vaxtada turgandi. Baxtga qarshi, to`lqinlar shunchalik kuchli ediki, dovyurak kapitan va qolgan barcha asbob-uskunalarni suv olib ketadi. Keyingi uch kun ichida tirik qolganlar po`rtanaga dosh berishga urinishadi. Oradan o`n kun o`tib ular o`z machtalarining siniqlariga duch kelishadi. Machtani o`z o`rniga joylashtirib, yana-tag`in ikki kun suzishadi, shundan so`ng ularni kattakon tankert o`z bortiga oladi. 21 noyabrda ular nihoyat Bermud orollariga etib kelishadi.
4. Sovutgichda omon qolganlar.
23 avgust kuni ichida ichida 20 kishilik ekipaj bo`lgan, 10 metrlik tay yog`och baliq ovlovchi kemasi kuchli bo`ron vaqtida parcha-parcha bo`lib cho`kib ketdi. Ekipajning aksar qismi shunchaki suvda yo`qoldi, lekin ikki kishi omon qoldi, ular baliq saqlashga mo`ljallangan sovutgichga kirib olishgandi. Sovutgichning ag`darilib ketmaganini chinakam omad desa bo`ladi. Sovutgichni 17 yanvardagina topishadi. Bu vaqt ichida ikkovlon sovutgich ichida baliqlarni va yomg`ir suvlarini ichib, tirik qolishgandi.
5. Fiji bolalari.
Samu Peres (15 yosh), Filo Filo (15 yosh) va Edvard Nasau (14 yosh) 5 oktyabr kuni Atafu atolli (halqa shaklidagi marjonlar oroli)dan uylariga kichkina metall tog`orada yo`l olishga qaror qilganlarida oldinda ularni nimalar kutib turganini bilishmasdi. Ularning “kema”si yo`ldan adashib, kuchli oqim olib ketadi. Qutqaruvchilar 1000 kvadrat ummon sayxonligida izlash ishlarini olib borishgach, ularni halok bo`lgan deb hisoblashadi. Shunday bo`lsa-da, oradan 50 kun o`tib bolalar topiladi. Ular baliq tutib, ularni o`lik deb hisoblab ustlariga kelib qo`ngan oqcharloqlarni tutib eyishib tirik qolishadi. Qutqarilishlariga ikki kun qolganda bolalar o`lim yoqasiga kelib qolishgandi, negaki bir necha kundan beri yomg`ir yog`may, bechoralar dengiz suvini ichishga majbur bo`lishgandi. Baxtlariga, Fiji sohillaridagi baliqchilar ularni o`z vaqtida ko`rib qolishadi.
6. Stiven Kallaxan.
Stiven Kallaxan ashaddiy dengizchi, harbiy dengiz arxitektori va ixtirochisi edi. U Atlantika ummoni orqali Kanar orollaridan Bagam orollarigacha o`zining 6,5 metrli qayig`ida suzib borishga jazm etadi. Bir haftadan so`ng qayiq ahdarilib ketadi, ehtimolki, kit bilan to`qnashib ketgandi. Kallaxan eng zarur narsalarning bir qismini olib, qutqaruv qayiqchasiga o`tirishga arang ulguradi. Keyingi 76 kun davomida u janubi-ekvatorial oqim bilan ko`chib yuradi. Oziq-ovqat zaxirasining tagi ko`rinib qolgach, u nayza yordamida mayda baliqlarni ovlashga tushadi. Sayohatining 76 kuni Stiven Gvadelupa qirg`oqlaridagi baliqchilar tomonidan qutqarib qolinadi.
7. Richard Van Fam.
Richard Van Fam – Kaliforniya shtatining Long-Bich shahridan bo`lmish 62 yoshli qariya. May oyida u 3-4 soatlik Ktalina kurort orolchasiga suzishga chiqadi. Biroq birdan qo`pgan bo`ronli ob-havo tufayli uning dvigateli, machta va aloqa vositalari ishdan chiqadi. 3 oy davomida u o`zining kamtarona qayiqchasida dengizda suzadi. Choli tushmagur dengiz toshbaqasini tutib olishga muvaffaq bo`ladi. Jonivorning bir qismini eb, qolganini xo`rak sifatida ishlatadi. Qobig`idan esa dengiz suvini distillaydigan uskuna yasaydi. Oxir-oqibat, u qutqaruvchilar tomonidan topiladi.
8. Moris va Merilin Beyli.
Merilin va Moris 12 metrli yaxtada Sautgemptondan dengizga chiqib, oradan bir necha oy o`tib Yangi Zelandiyaga etib olishni mo`ljallashadi. Kelasi yilning fevral oyida ular Panama orollaridan o`tishadi. Shundan so`ng bir hafta o`tib yaxta kit tomonidan qattiq shikastlanadi va juftlik o`zlari bilan eng zarur narsalarni olib, damlama qayiqchaga o`tishga majbur bo`lishadi. Dastlabki kunlari ular konserva mahsuloti tanovul qilib, yomg`ir suvidan ichishadi. Oziq-ovqat tugagach, ular dengiz toshbaqasi, dengiz qushlari, baliqlar va hatto nahang baliqlarni eyishga tushishadi. Dengizdagi sargardonliklari davomida ular yonlari o`tib ketgan, ammo to`xtamagan ettita kemani sanashadi. Nihoyat, 30 iyun kuni bu jafolar yakun topadi: ularni koreys baliq ovlovchi kemasi o`z bortiga oladi. Bu 117 kunlik sarson-sargardonlik davomida har biri 20 kilogrammdan vazn yo`qotishgandi.
9. Pun Lim.
Pun Lim dengizdagi ekstremal vaziyatlarda omon qolish bo`yicha rekord o`rnatgan.1942 yil 19 noyabrda Pum Lim o`tirgan ingliz kemasi Keyptaundan Braziliyaga yo`l oladi. Buni qarangki, nemis suv osti kemasi kemaga torpeda bilan hujum qiladi. Pun Lim 25 kishilik solda 2 kunlik oziq-ovqat va suv zaxirasi bilan bir o`zi tirik qoladi. U suv zaxirasini 55 kunga etkazadi, qolgan kunlarda esa dengiz suvini ichishga majbur bo`ladi. Mayda baliq, oqcharloq hamda tasodifan tutib olgan nahang baliqlar bilan oziqlanadi. Jabrdiydani to`lqinlar aro 133 kunlik sargardonlikdan so`ng Braziliya baliq ovlovchi kemasi qutqarib oladi.
10. Meksikalik baliqchi.
Lusio Rendon, Salvador Ordones va Iisus Eduardo Vivand va yana ikki kishi 2005 yil 25 oktyabrda San-Blas Nayarit portidan Meksikaga 9 metrlik shisha tolali qayiqda nahang baliq oviga chiqishadi. Baliq ovi uchun barcha qurilmalarni joyiga o`rnatib, katta o`lja tushishiga umid qilib dam olish uchun uzoqroqqa suzib ketishadi. Lekin qaytib kelishgach,qurilmayu asbob-uskunalardan nom-nishon ham topisholmaydi. Bir necha soat davomiida qidiruv ishlarini olib borishadi, buning natijasida barcha yonilg`ini ishlatib qo`yishadi. Bu vaqt ichida ular qirg`oqdan ancha nariga suzib ketishgandi, qmirg`oqqa suzib borishga qanchalik urinishmasin, shamol va oqim ularni ummon ichkarisiga olib ketadi. Oradan 4 kun o`tib ularning oziq-ovqati va suvlari tamom bo`ladi, keyingi 3 kunni ular ochlik va tashnalikda o`tkazishadi. Baxtlariga. Yog`ib o`tgan yomg`ir 200 litrli konteyerni to`ldiradi, biroq emish masalasi chatoq edi. Bechoralar dengiz toshbaqasa va baliq bilan kun sanashadi. 2006 yili 9 avgustdagina Tayvan baliq ovlovchi traulerining radari payqab qoladi. Bu vaqt davomida jabrdiydalar 5500 chaqirim suzishgandi.