Ijtimoiy tarmoqlarda xitoylik ekstremalning o`z o`limini suratga olgani aks etgan video keng tarqaldi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
Mazkur videoni YouTube kanalida ko`rish mumkin. Kadrda 26 yoshli yigitning osmono`par bino tomiga chiqib, qo`li bilan pastga osilib, tryuk bajarayotgan yigitni ko`rish mumkin. Ilk marotaba bu tryukni bajarayotganda u tomga qaytib chiqa oldi, ikkinchi urinishda esa pastga qulaganini ko`rish mumkin. Mahalliy OAVlarning yozishicha, voqea Xitoyning Xunan provinsiyasida 8 noyabrda ro`y berganiga qaramay, bu haqda endi ma`lum bo`lgan.