2018 YILDAN BOShLAB "O`ZBEKONSERT" HUZURIDA KLIPLAR FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh BO`YIChA BADIIY KENGASh TUZILADI

Madaniyat 29.12.2017, 16:55
 2018 YILDAN BOShLAB "O`ZBEKONSERT" HUZURIDA KLIPLAR FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh BO`YIChA BADIIY KENGASh TUZILADI

“O`zbekonsert” davlat muassasasi huzurida 2018 yildan boshlab kliplar faoliyatini tashkil etish bo`yicha Badiiy kengash tuziladi. Bu haqda “O`zbekkonsert” davlat muassasasi rahbari Odiljon Abduqahhorov ma`lum qildi.

O.Abduqahhorov mazkur Badiiy kengashning maqsad va vazifalari haqida to`xtalar ekan, har bir xonanda qo`shiqqa klip ishlashdan avval tuzilgan Badiiy kengash a`zolari chig`irig`idan o`tkazilishini qayd etdi.

“Klip mazmun mohiyati ma`qul kelsagina uni ishlashga ruxsat beriladi. Shuni ta`kidlamoqchimanki, xonandalarning kliplari xususidagi qo`yilayotgan bu vazifalarning barchasi san`atimiz nufuzini ko`tarish, xonandalarimizning sha`niga dog` tushirmaslik maqsadida qilinayotgan xayrli ishlardir”, - dedi "O`zbekkonsert" rahbari.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1