Kecha Evropa chempionlar ligasining chorak final bosqichi doirasida birinchi uchrashuvlar bo`lib o`tdi.
Keyingi mavsumda EChLda ishtirok etish imkoniyatidan deyarli mahrum bo`lgan “Manchester Yunayted” o`z maydonida musobaqa favoriti hisoblanayotgan “Bavariya” klubini qabul qildi. Qiziqarli kechgan uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi. Uchrashuvda Vidich hamda Shvaynshtayger gollarga mualliflik qilishdi.
Kunning ikkinchi uchrashuvi esa “Barselona” hamda “Atletiko” klublari o`rtasida bo`lib o`tdi. Ushbu uchrashuvda “Barselona” durangga rozi bo`ldi. Uchrashuvning 56-daqiqasida Diego ajoyib zarbasi bilan hisobni ochgan bo`lsa, 71-daqiqada Iniestaning super to`p uzatishidan so`ng Neymar hisobni tenglashtirdi.
Javob uchrashuvlari 9 aprel kuni bo`lib o`tadi.
Bugun esa yana ikki uchrashuv bo`lib o`tadi. “Real” o`z maydonida “Borussiya”ni qabul qilsa, “Chelsi” safarda “PSJ” bilan kuch sinashadi.