Qozog`iston poytaxti hokimining har yillik xayriya bazmi vaqtida prezident Nursulton Nazarboevga to`p sovg`a qilishdi. Aynan shu to`p bilan “Slaviya” darvozasiga hal qiluvchi gol urilgandi, shundan so`ng “Ostona” FK Evropa ligasi 1/16 finaliga chiqa oldi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar bermoqda, deb yozadi Kun.uz
Davlat rahbari bilan birga hokim bazmiga siyosatchilar, amaldorlar, Qozog`iston estradasi yulduzlari, KVN Oliy ligasi chempioni “Sparta” jamoasi va “Ostona” klubi futbolchilari taklif etildi.
Nursulton Nazarboev futbolchilardan sovg`ani qabul qilib olib, “Ostona” va Qozog`iston terma jamoasi o`yinchilari bilan biroz “to`p tepgan”. Facebook foydalanuvchisi Aizhani Nurlanova aynan shu holatni tasvirga oldi.






