O`z shaxsiy novvoyxonasiga ega bo`lgan ayol uning ishchilari yoniga kelib, non tilanayotgan bolaga ko`zi tushdi, deb xabar berdi Adme.ru nashri.
Ayol “Axir, bu paytda hamma bolalar maktabda bo`lishi kerak, nega u o`qishga bormadi ekan?” degan xayolga borib, bola bilan suhbatlashishga qaror qildi. Bolaning aytishicha, ular yaqinda shaharga ko`chib kelgan bo`lib, oilasi muhtojlikda kun kechirar, hattoki oziq-ovqat uchun ham pullari yo`q ekan. Shuning uchun ham bola maktabga bormay, qorin to`ydirish ilinjida tilanchilik qilar ekan.
Buni eshitgan ayol agar bola har kuni maktabga borsa, uy vazifalarini vaqtida bajarsa, uning oilasiga yordam berishga va`da berdi.
Ayol so`zining ustidan chiqdi, ayni paytda u bolaning oilasini bepul non va oziq-ovqat bilan ta`minlamoqda.






