AsosiyDunyo

AKTYoR RAYAN GOSLING ONASI HAQIDAGI VOQEANI SO`ZLAB BERDI

'AKTYoR RAYAN GOSLING ONASI HAQIDAGI VOQEANI SO`ZLAB BERDI'ning rasmi

“Onam “Oskar” mukofotini topshirish marosimida atigi bir marotaba qatnashgan. O`shanda u soch turmaklash urfda, deb o`ylab, marosimga sochini yig`ishtirib keldi. Ammo qizil yo`lakchadan o`tayotganda barcha ayollar sochlarini yoyib kelganiga ko`zi tushib, o`zini noqulay his qildi. Zalda esa Reychel Vaysning ro`parasiga o`tirdik. Bechora Reychel onamning soch turmagidan sahnani ko`rolmay, o`rnidan turib-o`tirishga majbur bo`ldi. Onam esa bunday vaziyatdan o`zini noqulay his qilgancha, erga engashib oldi.

Volidamning ko`nglini ko`tarish uchun Meril Stripdan uning soch turmagini maqtashni iltimos qildim. Tanaffus chog`ida u onamga o`girilib, “Men ham sochimni yig`ishtirib kelmoqchi edim, ammo ulgurmadim. Soch turmagingiz juda chiroyli chiqibdi, menga yoqdi”, dedi. Uning so`zlaridan onamning ko`zlari quvonchga to`lib, faxrlanganidan yanayam boshini yuqoriga ko`tardi”.

    Boshqa yangiliklar