Kanadaning Galifaks shahridan bo`lmish 31 yoshli Lindsi Xilton qo`l-oyoqstz tug`ilganiga qaramay o`zini sira xafa qildirib qo`ymagan, deb xabar berdi Life.ru nashri.
Lindsi bolaligidanoq chang`ida uchishni, suzishni va regbi o`ynashni o`rgangan. Mahalliy trenajyor zalida shug`ullanishni boshlagach, u o`zi uchun yangi sport turi krossfitni kashf etdi va endilikda o`zini mana shu sport turida sinab ko`rishni niyat qildi.






