AsosiyDunyo

100 DAN ORTIQ QOZOG`ISTONLIK FUQARO INTERNET ORQALI HIBSGA OLINDI

'100 DAN ORTIQ QOZOG`ISTONLIK FUQARO INTERNET ORQALI HIBSGA OLINDI'ning rasmi

Qozog`iston respublikasi Bosh prokuraturasining yordamida huquqni muhofaza qilish faoliyatini raqamlashtirish ishlari olib borilmoqda. Shuning uchun mamlakat Bosh prokuraturasi topshirig`iga binoan Huquqiy statistika va maxsus hisobga olish qo`mitasi tomonidan elektron jinoiy ish moduli ishlab chiqildi. Joriy yilning 11 avgust kuni Qozog`iston bosh prokurori, Oliy sud va Davlat xizmati hamda korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari bo`yicha agentlik raisi, moliya va ichki ishlar vaziri tomonidan “E-jinoiy ish sinov loyihasini tatbiq etish va idoralararo ishchi guruhini tashkil etish to`g`risida”gi qo`shma buyrug`i imzolandi.

Joriy yilning 25 avgustidan boshlab, Ostonaning Olmaota tumani IIBda “E-JI” nomli sinov loyihasi ishga tushdi. "O`tgan vaqt davomida elektron jinoiy ish bo`yicha sudga 192 ta ish va 208 ta sanksiya yuborildi. Bularning bari elektron shaklda amalga oshirildi. “E-JI” loyihasi doirasida “Onlayn” video konferensaloqa yordamida qamoqqa olish to`g`risida sanksiya berish imkoniyati yaratildi. Sanksiya berish jarayoni qo`lga olingan shaxslarni sudga olib kelmasdan amalga oshirilmoqda. Qamoqqa olish to`g`risidagi 100 dan ortiq sanksiya video konferensaloqa yordamida berildi", - deya ta`kidladi matbuot xizmati. 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab, mamlakatda elektron shaklda jinoiy ish yuritishni joriy etish ko`zda tutildi.

    Boshqa yangiliklar