O`zbekiston milliy terma jamoasi 27 va 29 may kunlari Ummon bilan, 3 sentyabr kuni Iordaniya, 6 oktyabr kuni Qatarga qarshi o`ynaydi. Bu haqda Championat.asia sayti FIFA rasmiy saytiga asoslanib xabar bermoqda.
O`zbekiston Ummonga qarshi ikki o`yin va Iordaniya bilan bahs Toshkentda bo`lib o`tadi. Qatar bilan uchrashuv Dohada tashkil etiladi.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston terma jamoasi kelgusi yil yanvar oyida Avstraliyada bo`lib o`tadigan Osiyo kubogi-2015 da ishtirok etadi. Guruhimizdan KXDR, Xitoy va Saudiya Arabistoni jamolari o`rin olgan.