Moskva shahrida, Qizil maydondan 300 metr uzoqlikda joylashgan Nikolskiy ko`chasida noma`lum shaxs tomonidan o`q uzildi, deb xabar berdi Tjournal.ru nashri.
Moskva shahar IIV matbuot xizmatining xabar berishicha, ikki kishi jarohatlangan. O`q uzgan shaxs qidirilmoqda. Otishma haqida polisiyaga Moskva vaqti bilan soat 22:32 da xabar kelib tushgan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, o`zaro janjal oqibatida noma`lum shaxs o`q uzib, ikki kishini yarador qilgan. Otishmadan keyin u voqea joyidan yashiringan.
Manbaning xabar berishicha, voqea joyi yaqinida bar bo`lgan, mastlik oqibatida janjal chiqqani taxmin qilinmoqda.






