AsosiyDunyo

KALIFORNIYaLIK AYoL TURLI YILLARDA EGIZAKLARNI DUNYoGA KELTIRDI

'KALIFORNIYaLIK AYoL TURLI YILLARDA EGIZAKLARNI DUNYoGA KELTIRDI 'ning rasmi

Yangi yil oqshomida Kaliforniyalik ayol egizaklarni dunyoga keltirdi. Bu haqda Riafan.ru nashri xabar bermoqda.

Katta farzand dekabrda, kichigi esa yanvarda 20 daqiqa farq bilan tug`ildi.

Egizaklar Xoakin va Aitana de Xesus Ontiveros 2018 yilning yanvar oyida tug`ilishlari taxmin qilinayotgan edi. Biroq ularning onasi Mariyada muddatdan avval to`lg`oq boshlangan.

Aka-singil nafaqat turli kunlar, balki oy va yillarda tug`ilishgan. Shifoxona vakilining aytishicha, egizaklar va ularning onasi o`zlarini yaxshi his qilmoqdalar.

“Bu syurpriz bo`ldi. Butun oila bundan baxtiyor”, deb aytdi shifokor. Egizaklarni uyda uch opasi kutmoqda.

    Boshqa yangiliklar