Afg`onistondagi janglar paytida amerikalik harbiy halok bo`ldi, yana to`rt nafari yaralandi Afg`onistondagi urushda AQSh harbiyi halok bo`ldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi AQSh harbiy qo`mondonligining bayonotiga tayanib xabar bermoqda.
U 1 yanvar kuni Nangarxar viloyatining Achin tumanidagi to`qnashuvlarda halok bo`lgani aytilmoqda.
Yana to`rt nafar harbiy jarohat olgan.
31 dekabr kuni Afg`onistonda dafn marosimi chog`ida sodir etilgan portlash oqibatida 15 kishi halok bo`lgan edi.






