1

​“O`ZBEKTURIZM”NING SAYYoHLAR UChUN MA`LUMOT XIZMATI YO`LGA QO`YILDI

Madaniyat 03.01.2018, 14:28
​“O`ZBEKTURIZM”NING SAYYoHLAR UChUN MA`LUMOT  XIZMATI YO`LGA QO`YILDI

O`zbekiston Respublikasi terizmni rivojlantirish davlat qo`mitasining axborot markazining maxsus telefon xizmati (0371 - 200-00-88) o`z ishini boshladi.

O`zbekiston bo`ylab sayohat qilishni istovchi har qanday sayyoh kunning istalgan vaqtida mazkur raqamdan zarur ma`lumotlarga ega bo`lishi, sayyohlik xizmati bilan bog`liq barcha savollarga javob olish mumkin.

Ko`pchilikni qiziqtirgan aksariyat savollarga amaldagi me`yoriy hujjatlar asosida operatorlar tezkorlik bilan javob qaytvarishadi. Bordiyu, savollar qo`shimcha tafsilotva izohlarni talab etadigan bo`lsa, operatorlar sizga qo`mitaning tegishli mutaxassislarini ulab bershadi. Faqat, bunday qo`ng`iroqlar kunning ish vaqtida amalga oshirilishi lozim.

Keyinchalik “O`zbekturizm” tizimida mazkur xizmat turini takomillashtirish maqsadida qisqa to`rt raqamli raqam ham o`rnatilishi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1