1

MAMLAKATIMIZDA QO`ShIMChA DAM OLISh KUNLARIDA “OLTIN HAFTALIK”LAR TAShKIL ETILADI

Jamiyat 03.01.2018, 14:54
MAMLAKATIMIZDA QO`ShIMChA DAM OLISh KUNLARIDA “OLTIN HAFTALIK”LAR TAShKIL ETILADI

Xabaringiz bor, 2017 yilning 28 dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoevning “2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida”gi Farmoni qabul qilindi. Unga ko`ra, O`zbekistonda Yangi yil, Navro`z va Mustaqillik bayramlari, Ramazon va Qurbon hayitida qo`shimcha dam olish kunlari belgilandi.

Yangi yilga – 5 kalendar kuni (2017 yil 30 va 31 dekabr –kalendar bo`yicha dam olish kunlari, 2018 yil 1 yanvar – ishlamaydigan bayram kuni, 2018 yil 2 yanvar – qo`shimcha ishlamaydigan kun, 2018 yil 3 yanvar – 6 yanvardan ko`chirilgan dam olish kuni);

- Navro`z bayramiga – 5 kalendar kuni (18 mart – kalendar bo`yicha dam olish kuni, 19 mart – 17 martdan ko`chirilgan dam olish kuni, 20 mart – ko`shimcha dam olish kuni, 2018 yil 21 mart – ishlamaydigan bayram kuni, 22 mart – 24 martdan ko`chirilgan dam olish kuni);

- Mustaqillik kuniga – 5 kalendar kuni (2018 yil 31 avgust – ko`shimcha ishlamaydigan kun, 2018 yil 1 sentyabr – ishlamaydigan bayram kuni, 2 sentyabr – kalendar bo`yicha dam olish kuni, 3 sentyabr – 8 sentyabr shanba kunidan ko`chirilgan dam olish kuni, 4 sentyabr – 15 sentyabrdan ko`chirilgan dam olish kuni) qo`shib berilgan.

Shuningdek vatandoshlarimiz Qurbon va Ramazon hayilarida ham uch kundan dam olishlari mumkin. Yangi yil, Navro`z va Mustaqillik bayramlari kunlariga qo`shimcha ishlanmaydigan kunlar belgilangani sababli mehnat ta`tili davomiyligi uch ish kuniga qisqartiladi. Farmonga muvofiq, belgilangan mehnat ta`tili qisqartirishni hisobga olgan holda 15 ish kunidan kam bo`lmasligi kerak. Shu bilan birga

xodimga mehnat ta`tili uchun beriladigan to`lovlar miqdori ham odatdagidek saqlanib qoladi.

Albatta ushbu yangicha qonun-qoidalarni turlicha qabul qilganlar bo`ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim injiq foydalanuvchilar “to`rt-besh kunlab ta`til berishning nima keragi bor? Bu davlat uchun qimmmatga tushib ketmaydimi? Bitta xodim uchun bayramda shuncha ta`til ko`plik qilmaydimi?” singari fikrlar ham bildirildi.

Avvalambor, har bir davlatning asosiy maqsadi o`z xalqining ehtiyojlarini qondirish, uning risoladagidek hayot kechirishini ta`minlashdan iborat. Qolaversa, dunyoning ko`plab mamlakatlarida bayramlar munosabati bilan bir necha kunlab mehnat ta`tilini berish yo`lga qo`yilgan. Bu tajriba dunyoning bir qator rivojlangan davlatlari tajribasidan o`tgan.

Masalan, Xitoyda “Golden weeks” deb ataladigan bayram ta`tillari 1999 yildan beri amal qiladi. Mamlakat aholisi ushbu ta`til doirasida Xitoyning turli hududlariga sayohatga borib, o`z vatanlarini yanada yaqindan, yanada chuqurroq o`rganishadi. Yaponiyada esa, bu tajriba ancha ilgari 1948 yildan yo`lga qo`yilgan. Imperatorning tug`ilgan kuni munosabati bilan beriladigan bayram ta`tili 29 aprelan to 5 maygacha davom etadi. Birlashgan Arab Amirliklarida ham Qurbon va Ramazon hayilari munosabati bilan mamlakatda “oltin haftalar” joriy etiladi.

Umuman olganda, bunday ta`tillar mamlakatlar uchun moddiy zarar keltirrmaydi, aksincha turizm va xizmat ko`rsatish sohalari yanada rivojlanadi. Qolaversa, yuqorida ta`kidlanganidek, bayram ta`tillari hisobiga xodimlarning yillik mehnat ta`tillari qisqartiriladi.

–Xalqimizda “yurgan – daryo, o`tirgan bo`yra” deb bejiz aytishmagan –, – deydi O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo`mitasi raisi Aziz Abduhakimov. – Bayram munosabati bilan beriladigan qo`shimcha dam olish kunlari evaziga hamyurtlarimiz oila davrasida, yaqinlari bilan hordiq chiqarish, bayramni ko`ngildagidek nishonlash imkoniga ega bo`ladilar. Bu kunlar davomida yurtimizning turli ziyoratgohlari, qadimiy shaharlariga ham sayohatlar uyushtirish, o`lkamizning xushmanzara go`shalari tarovatidan bahra olish mumkin.

Albatta, avval ham hamyurtlarimiz o`z mehnat ta`tillari davomida istagan joylariga sayohatga chiqish imoniga ega edilar. Ammo, o`z-o`zidan ma`lumki, mehnat ta`tili bir qancha bayram kunlarini o`z ichiga olishi mumkin emas.. Bir shahardan ikkinchisiga borib, hordiq chiqarish uchun bitta bayram yoki dam olish kuni etarli bo`lmasligi tabiiy. Uch kun yo besh kun muddat ichida esa, bemalol yurtimizning istalgan hududiga borib, tarixiy obidalarimiz, xushmanzara go`shalarimiz bidlan yaqindan tanishib, ko`ngil yozib kelish mumkin.

“O`zbekturizm” tomonidan mazkur ta`tillar doirasida “O`zbekiston bo`ylab sayohat qil” dasturiga ko`ra, Samarqand, Buxoro, Urganch yo`nalaridagi temiryo`l va aviachiptalar narxlarida, mehmonxonalar, kafe va restoranlarda maxsus chegirmalar belgilanadi. Ushbu yo`nalishlardagi sayohatlar davomida, hamyurtlarimiz ta`tilni mazmunli o`tkazish barobarida mablag`ning bir qismini tejab qolishlari mumkin.

Hukumatimiz tomonidan hamyurtlarimizning bu kabi ziyorat va sayohatlarini amalga oshirishni ko`zda tutuvchi bir qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda. Endi turli korxona va tashkilotlar tegishli turistik firmalar bilan hamkorlikda bayram ta`tilari davomida yurtimizning qator shaharlari bo`ylab o`z xodimlari uchun sayohatlar tashkil etishlari mumkin. Mazkur hujjatlarda ana shunday sayohatlar tashkil etgan korxonalarga soliq imtiyozlari, aholining kam ta`minlangan qatlamlari uchun qo`shimcha imtiyoz va chegirmalar, nazarda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1