AsosiyDunyo

Hindistonlikni g`isht va loy eyish odati tark etmayapti (VIDEO)

30 yoshli hindistonlik Pakkirappa Xunagundi noodatiy kasallikka chalingan. U g`isht va loydan boshqa hech narsa eyishni istamaydi. 

“Agar siz menga qovurilgan tovuq talkif qilsangiz ham men g`isht va tuproqni afzal ko`raman”,-deydi faxr bilan Xunagundi.

Metro nashrining yozishicha, u g`isht hamda loydan boshqa narsa eya olmasligini 10 yoshida bilgan. U qornini to`yg`azish uchun sutkasiga 3 kg tuproq hamda 1 dona g`isht eydi. 
Shifokorlarning aytishicha, u payke nomli kasallikka chalingan bo`lib, unga chalinganlar eb bo`lmas narsalarni ist`emol qilishadi va kamdan kam holatda bu kasallikdan qutila olishadi.

 

    Boshqa yangiliklar