AsosiyDunyo

“YuLDUZLAR XIYoBONI”DAGI SAVOBTALABLAR

'“YuLDUZLAR XIYoBONI”DAGI SAVOBTALABLAR'ning rasmi

Biz ular ijro etgan qo`shiqlarni maza qilib eshitamiz, suratga tushgan filmlarini miriqib tomosha qilamiz. Ular o`zlari ijro etgan obrazlaridek ezgulikka intiladilar, qo`shiqlarida tarannum etilgan yaxshilikni targ`ib etadilar. Marhamat, “Yulduzlar xiyoboni”dagi savobtalablar bilan tanishing.

1. “Sug`ur kuni”dagi Bill Myurrey

Charlstondagi (AQSh) The Steel Drivers konsertiga kelganlar bunaqasini kutishmagani aniq: “Sug`ur kuni”, “Janob taqdir” kabi kinofilmlari orqali muxlislarini qalbidan joy olgan aktyor Bill Myurrey ham konsertga tushmoqchi bo`ldi, lekin konsert boshlanishidan oldin kassadan ancha-muncha chiptalarni sotib oldi-da, navbatda turganlarga tarqatib chiqdi.

2. “Soatlar kuychisi” Kris Martin

Coldplay honandasi Kris Martin guruhning konserti bo`lib o`tadigan har bir mamlakatdagi bolalar shifoxonasiga, albatta, tashrif buyuradi. U bolalar bilan soatlab gaplashadi, ularga kuylab beradi, sovg`alar hadya etadi va ko`ngillarini ko`taradi. “Counting Stars”, “Slocks” kabi qo`shiqlar kuychisining bu singari savob ishlari haqida bemorlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridangina ma`lum, xolos.

3. Qoyilmaqom Bred Pitt

2005 yili “Katrina” bo`ronidan Yangi Orlean ham qattiq talofat ko`rdi. Yuzlab uylar vayron bo`lib, ko`plab oilalar ko`chada qoldi. ularga madad qo`lini cho`zmoq uchun o`sha biz bilgan Axilles, Benjamin Batton, Semyuel, janob Smit kabi ijrolari bilan muxlislar mehrini qozongan Bred Pitt Make It Right fondiga asos soldi, yangi imoratlar qurilishi uchun mablag` yig`di, nomi ketgan arxitektorlarni chaqirib, binolar loyihasini ishlab chiqishda shaxsan qatnashdi. Natijada tabiiy ofatlarga dosh bera oladigan 109 ta ekologik uy qurildi. Bred Pitt tomonidan asos solingan fond hozirda ham o`z faoliyatini davom ettirib, kam ta`minlangan oilalarga uy qurib berish uchun mablag` yig`ish bilan shug`ullanmoqda.

4. Xellboymi yo Ron Perlman?

Kunlardan bir kuni asosan ikkinchi plandagi rollar ijrochisi aktyor Ron Perlman Xellboyning yosh muxlisi bilan uchrashishga rozi bo`ladi. Lekin ma`lum bo`ladiki, bolakay Ron Perlmanni emas, aynan personajni ko`rgisi kelgan ekan. Shunda aktyor bolakayning hafsalasi pir qilmay, birgina uchrashuv uchun 4 soat o`tirib, yuziga grim tortdi.

5. Bolalar adabiyotining “jinnisi” Piter Djekson

“Xobbit”ning suratga olish ishlari vaqtida film rejissyorining oldiga ommaviy sahnadagi bolalar kelishdi, biroq bu vaqtda jamoa tushlik bilan band ekan. Shunga qaramay Piter Jekson bolalar bilan gurunglashib, ularga dastxat berdi.

6. Qirolichaning sevimli qo`shiqchisi ­– Adel

Bir-biridan diltortar “Someone like you”, “Rolling in the deep”, “I miss you”, “Set fire to the rain”, “You’ll never see me again”, “Water under the bridge”, “Rumour has it”, “River lea…” singari qo`shiqlari va ayniqsa, Jeyms Bond haqidagi 22-film “Skayful koordinatalari” uchun kuylagan saundtreki “Skyfall”ni ko`pchilik hirgoyi qiladigan sohirnafas Adel 2017 yil iyun oyida Londondagi Chelsi o`t o`chirish qismi xodimlari uchun syurpriz uyushtirdi: qo`shiqchi qo`lida tort bilan ostonada paydo bo`ldi-da, o`t o`chiruvchilarga 24 qavatli Grenfell-tauer aholi yashash binosida yuz bergan katta yong`inni o`chirganlari uchun minnatdorlik bildirdi. Qolaversa, o`sha yong`inning o`zida Adel turmush o`rtog`i bilan darhol etib kelib, jabrdiydalarga o`z yordamlarini taklif etishgan edi.

Adel “Skayful koordinatalari”ga kuylagan saundtreki “Skyfall” uchun “Eng yaxshi qo`shiq” nominasiyasi Oskar mukofotiga sazovor bo`lgan. Eng qizig`i, Adel Buyuk Britaniya qirolichasining sevimli qo`shiqchisidir.

7. Sevgi ilohi Tom Xenks

“Forrest Gamp”, “Quvg`indi”, “Qo`lingdan kelsa, meni tut”, “Sizga maktub”, “Sietlldagi bedorlar”, “Filadelfiya”, “Apollon 19”, “Terminal”, “Janob Benksni qutqarish”, “Bulutli atlas”, “Oddiy askar Rayanni qutqarish” singari bir-biridan ajoyibu g`aroyib filmlarda yaratgan obrazlari orqali barchaga sevimli aktyor va rejissyor Tom Xenks 2017 yilning noyabr oyida Xyuston (AQSh) kitob festivalida sevgi ilohi qiyofasida qatnashdi: bir yigit sevgilisidan qo`lini so`rashi uchun aktyor o`z chiqishini to`xtatib turdi. Turgan gap, qiz rozi bo`ldi.

8. “Muzey”dagi Ben Stiller

2012 yili “Sendi” bo`roni Nyu-Yorkka “hujum” qilganda, “Muzeydagi tun” trilogiyasi bilan dunyoga mashhur aktyor qo`l qovushtirib turmay, jabr ko`rganlarga oziq-ovqat borasida yordam qo`lini cho`zdi.

9. Serqirra Mettyu Makkonaxi

2017 yil 4 noyabrda “Xaridorlarning Dallasdagi klubi”, “Sahroi Kabir”, “Jonsonning ozod shtati”, “Advokat uchun linkoln”, “Sobiq ma`shuqalarning arvohi” kabi filmlari bilan mashhur aktyor Mettyu Makkonaxi 48 yoshga to`ldi. U muchal to`yini o`zgacha nishonlashga qaror qildi: 250 ta ko`ngillilar bilan tavallud kuni AQShda yaqinlashib kelayotgan bayram ­– Shukrona kuni munosabati bilan Lorensberg aholisiga 4500 ta kurka go`shti tarqatib chiqdi.

10. “Tolei kulgan” Zak Efron

Bir kuni “Engiltak bobo”, “Tolei kulgan”, “Charlining qo`sh hayoti” filmlari bilan tanilgan aktyor Zak Efron tomon uning muxlisi birga suratga tushish uchun shoshib chopadi-yu, smartfoni qo`lidan tushib ketib sinadi. Shunda aktyor bu muammoni oddiygina hal etadi: o`z muxlisiga yangi telefon sotib olib beradi.

Adme.ru nashri.

    Boshqa yangiliklar