1

2017 YILDA PREZIDENT VIRTUAL QABULXONASIGA FUQAROLAR TOMONIDAN ENG KO`P MUROJAAT IIV NOMIGA YO`LLANDI

Jamiyat 04.01.2018, 11:10
2017 YILDA PREZIDENT VIRTUAL QABULXONASIGA FUQAROLAR TOMONIDAN ENG KO`P MUROJAAT IIV NOMIGA YO`LLANDI

2017 yilda O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning virtual qabulxonasiga eng ko`p qaysi tashkilotlar nomiga murojaat kelgani ma`lum qilindi.

Virtual qabulxonaga kelib tushgan murojaatlar yo`nalishlar bo`yicha sarhisob qilinganda, Oliy sud hamda Bosh prokuratura mos ravishda Top-3 yakunlagan.

Ichki ishlar vazirligiga 99584 ta murojaat, Oliy sudga 72719 ta murojaat, Bosh prokuraturaga 71347 ta murojaat yo`llangan. Shuningdek, 50074 ta murojaat Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga, 45732 ta murojaat Sog`liqni saqlash vazirligiga yo`llangani e`lon qilindi.

Keltirilgan statistik ma`lumotga ko`ra, aholidan kelib tushgan eng ko`p murojaatlar sud-huquq sohasiga yo`naltirilgan bo`lib, keyingi o`rinda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi nomiga kelib tushgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1