AsosiyDunyo

BILL VA HILLARI KLINTONNING UYIDA YoNG`IN SODIR BO`LDI

'BILL VA HILLARI KLINTONNING UYIDA YoNG`IN SODIR BO`LDI'ning rasmi

Bill va Hillari Klintonning Nyu-York shtatidagi Chappakva shahrida joylashgan uyida yong`in sodir bo`ldi.

Yong`in xavfsizligi xodimlari yong`inni to`liq o`chirishga muvaffaq bo`ldi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Xabarlarga ko`ra, yong`in uyning ikkinchi qavatida shift yonishi bilan boshlangan.

Nyu-Kasl shahri polisiyasi vakili Artur Mendozaning ma`lum qilishicha, yong`in mahalliy vaqt bilan 15:15 da (Toshkent vaqti bilan 01:15) o`chirilgan.

Jabrlanganlar va qurbon bo`lganlar haqida ma`lumot yo`q.

Ma`lumot uchun, Klintonlar oilasi ushbu uyni 1999 yilda 1,7 million dollarga sotib olgan edi.



    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar