1

ALIShER SA`DULLAEV E`TIROZI! “...BU KABI TAFSILOTLARNING ChEKI YO`Q. LEKIN...”

Jamiyat 04.01.2018, 11:30
ALIShER SA`DULLAEV E`TIROZI! “...BU KABI TAFSILOTLARNING ChEKI YO`Q. LEKIN...”

Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan eng yosh vazir o`ribosari Alisher Sa`dullaev ijtimoiy tarmoqlarda eng faol hukumat vakili sanaladi.Sa`dullaev yoshlarni yangi g`oyalar ustida ishlashga undaydigan fikr-mulohazalar yozib qoldiradi va uning yozganlariga ko`pincha muhokamalar markazida bo`ladi, deb yozadi, “Qalampir.uz” nashri.

Bugun O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirining o`rinbosari Alisher Sa`dullaev O`zbekiston zaminida yashab, jahon ilm-fani rivoojiga katta hissa qo`shgan buyuk allomalarning dunyo OAVlari tomonidan bu o`lkada tug`ilganiga alohida urg`u berilmasligi masalasiga e`tibor qaratib, shunday deb yozadi:

“Va nihoyat yana bir ishonarli va chuqur tahlillarga asoslangan manbaa topa oldim (BBC. CO. UK). Afsuski, 20 nafar olim haqida gap ketgan bo`lsa, ko`rsatilgan olimlar orasida birortasining Vatani sifatida bizning yurtimiz keltirilmagan (hech bo`lmasa hozirgi O`zbekiston deb ta`kidlanmagan). Yuklangan rasmlardagi ma`lumotni tarjima qilishga ulgurmadim, ammo o`qib haqiqatan mag`rurlandim. Britaniya Parlamentidagilar bizning Buxoriy haqida, hatto, fikr bildirishgan (Baroness Warsi). Xorazmiyni innovasiyalar bobida etuk olim bo`lganini ta`kidlab o`tishgan. Umuman olganda, bu kabi tafsilotlarning cheki yo`q. Lekin...

Buxoriy – Fors olimi deb tanishtirilgan (Persian scholar).

Ibn Sino – Ibn Sino ham Fors olimi deya ta`kidlangan.

Xorazmiy – taajublanarlisi Xorazmiy ijodi bilan ham shu holat.

Beruniy – hatto Beruniyda ham.

Tushunaman, ijod asosan fors tilida olib borilgan bo`lishi mumkin, ammo ularning ismlariga nazar soling: Buxoriy – Buxoro, Xorazmiy – Xorazm va boshqalar.

Islom sivilizasiyasi markazi shu o`rinda juda muhim rolga ega. Xalqaro merosimiz va ilmiy manbaalarimizni tiklash vaqti allaqachon keldi. Shu o`rinda bizning o`quvchilar ham o`z ajdodlari haqida ishonarli ma`lumotga ega bo`lishi juda muhim va bu orqali o`z fikrlarini asosli manbalarga tayanib bildira oladilar. Shubhasiz, biz o`zimiz ham internetda ular haqidagi ma`lumotlarni jahon tillarida keng yoyishimiz shart va shu orqali chet ellik olimlar va izlanuvchilarga ham ishonarli manba ta`minlab bera olgan bo`lardik. O`zimiz ham shunga loyiq bo`lishimiz kerak. Ammo, yana o`zimiz...”

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1