1

PREZIDENT TAKLIFIDAN SO`NG OLIY MAJLIS QONUNChILIK PALATASIDA YaNGI QO`MITA TAShKIL ETILDI

Siyosat 04.01.2018, 14:24
PREZIDENT TAKLIFIDAN SO`NG OLIY MAJLIS QONUNChILIK PALATASIDA YaNGI QO`MITA TAShKIL ETILDI

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida yangi qo`mita — Fuqarolarning sog`lig`ini saqlash masalalari qo`mitasi tashkil etildi. Bu to`g`risidagi qaror parlament quyi palatasining navbatdagi yalpi majlisida qabul qilingan.

Ma`lumki, Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisga Murojaatnomasida bugungi kunda bironta ham hududda sog`liqni saqlash tizimi aholi uchun munosib xizmat qiladigan darajada tashkil etilmaganini tanqid qilib, Qonunchilik palatasi o`z ish faoliyatida asosiy e`tiborni tizimdagi ana shu muhim muammolarni, ayniqsa, joylarda hal etishga qaratsa, maqsadga muvofiq bo`lishini ta`kidlagan edi.

“Kerak bo`lsa, Qonunchilik palatasida sog`liqni saqlash masalalari bo`yicha alohida qo`mita tashkil etib, uning a`zolari asosan hududlarda faoliyat ko`rsatsa, nur ustiga nur bo`lardi”, degan edi Prezident.

Yalpi majlisda deputatlar yangi qo`mita aholini o`ylantirayotgan masalalar yuzasidan bevosita hududlarda faoliyat yuritib, xaqiqiy deputatlik, parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirgan holda tibbiyotni aholiga yaqinlashtirish borasida aniq takliflar tayyorlab, ularning natijalariga e`tibor qaratishi, bu boradagi qonun ijodkorligi jarayonini faollashtirish bilan birga, sohaga doir qonunlar ijrosini o`rganishi lozimligiga alohida to`xtaldilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1