1

OQSOChNING MUHABBATI ​(GI DE MOPASSAN, TARJIMON RUSTAM JABBOROVNING “YO`LDAGI AYoL” ASARIDAN)

Mutolaa 04.01.2018, 16:48
OQSOChNING MUHABBATI ​(GI DE MOPASSAN, TARJIMON  RUSTAM JABBOROVNING “YO`LDAGI AYoL” ASARIDAN)


Tashqarida esayotgan besar kuzak shamoli daraxt shoxlarida qolgan so`nggi yaproqlarni yulqib, havoda chirpirak qilib o`ynardi.

Ovchilar kechki ovqatni eyishardi, ular hatto etiklarini ham echmasdan, qizarib-bo`zarib, hazil-huzul qilib o`tirishardi. Ular asosan yarim zodagon, yarim dehqon, boy va ho`kizning bo`ynini qayirishga qodir kuchga ega bo`lgan kichik normand pomeshchiklari edi.

Ular kun bo`yi Eparvil hokimi Blondilga qarashli erlarda ov qilishgan, hozir esa uning uyida, katta stol atrofida tamaddi

ilishmoqda edilar.

Ularning gurungi baqir-chakirni, kulgilari esa yirtqichlarning o`kirishini yodga solardi, ular tinimsiz ichishar, oyoqlarini uzatib, stolga tirsaklangancha, Ispolin pechi taftida isinishar, ov, itlar haqida valaqlashishar, ko`zlari chiroq yorug`ida yaraqlab turardi. Bari allakachon sarxushlikka berilgan, es-hushini yo`qotar darajaga etgan, ularga ovkat tashib yurgan qip-qizil basharasi tovoqdek keladigan xizmatkor qizning ortidan mastona suzilib boqishardi.

Bir paytlar ruhoyniy bo`lishni orzu qilgan, lekin taqdir taqozosi bilan veterinar bo`lib, ayni choqda muzofotdagi molarni davolab yurgan uzun bo`yli Sejur birdan hovliqa ketdi:

- Jin ursin, janob Blondil, joriyangiz shunaqa suluvki, odamning og`zidan sulagi oqadi-ya?

Xonada gurr kulgi ko`tarildi. Shunda gapni qari aroqxo`r, endilikda kambag`allashib qolgan zodagon de Varnetto ilib ketdi:

- Mening ham xayottimda ana shunaqa xizmatkor bir qizcha bilan bog`liq voqea sodir bo`lgandi. O`ylaymanki, bu siz uchun qiziqarli bo`ladi. Men har gal u hakda o`ylaganimda Mirza degan bir qanjik itim esimga tshadi. Men uni graf d'Ossonelga sotgandim, it esa mendan ajrashni hecham istamasdi, har kuni uni echib yuborishganda mening yonimga chopib kelardi. Oxiri achchig`im chiqdi va grafga itni zanjirda saqlashni aytdim. Bilasizlarmi, keyin nima bo`ldi. It sho`rlik bog`lovda ichikib o`ldi.

Endi mening xizmatkorim voqeasiga qaytaylik. O`shanda yigirma beshda edim va Vilbndagi qasrimda yolg`iz, bo`ydoklikda kun kechirardim. Odam yosh bo`lsa, bilasizlar, zerikadi, uyoqni bu yoqni ko`rgisi, sayoqlik qilgisi keladi.

Bir kuni Kovileda turadigan Debultoning uyida xizmat qiladigan yoshgina bir qizchani ko`rib qoldim. U meni shu qadar o`ziga bog`lab oldiki, nihoyat uning xo`jayini oldiga borib bir taklif qo`ydim: u xizmatkorini menga beradi, men esa unga zotdor baytalimni - Debulto uni ikki yildan beri menga sot deb yalinib yurardi - sotaman. U shartta qo`l tashladi: "Kelishdik, janob de Varnetto". Ish bitdi hisob. Qiz mning kasrimga keldi, men esa uch yuz ekyu evaziga baytalni uning xo`jayiniga eltib berdim.

Boshida hammasi silliq ketayotgandi. Hech kim hech nimadan gumonsiramasdi. Lekin Roza - uning oti shunaqa edi -

azarimda meni telbalarcha sevardi. Qizcha boshqalardan nimasi

bilandir farq qilardi. Uning tomirlarida asilzodalar qoni oqardi. Aftidan u o`z oqsochiga teginib qo`ygan oqsuyak bir odamdan tug`ilgan

edi.

Xullas, u meni eru kukka ishonmasdi. U men bilan ko`ngilxo`shlik kilishdan sirayam zerikmas, meni galati-g`alati ismla

bilan erkalab chaqirar, uning bu erkaliklari meni o`yga toldirardi.

"Bunga chek qo`yish kerak endi, bo`lmasa, boshim baloga kolib ketadi", derdim o`zimga-o`zim. Ammo, meni tuzoqqa ilintirish unchalik oson emasligini bilardim. Men extirosli bo`salar bilan darrov aldanib koladiganlar sirasiga kirmasdim. U kunlarning birida homila bo`lib qolganini aytgach, hushm boshidan uchdi.

Ol-a! Kimdir yuragimga qo`shotar miltiq bilan otgandek bo`ldi. U esa meni quchoqlar, erkalar, qiqirlab kular, essizlarcha yalab-yulqardi. Endi bu yog`i qanday bo`ldi? O`sha kuni indamadim, lekin kechasi bilan o`ylab chiqdim. Unaqada bir chorasini topish lozim. Rishtani hoziroq uzmasam, kech bo`ladi. Ota-onam Barnvilda yashar, Markiz d'Isparga tekkan opam esa bu erdan ikki mil narida, Rollibekda turardi.

Nima qisam ekan? U menikidan ketadigan bo`lsa, odamlar shubxaga tushib, darrov gap-so`z qilishadi. Qolaversin, desam, tez orada hamma narsa oshkor bo`ladi. Axir, uni bu axvolda tashlab ketish ham yaxshi bo`lmaydi.

Men yoshligida bunaqa ko`rgiliklarni kup br boshidan kechirgan amakim baron de Kreytelga maslahat solish uchun uning eniga bordim. U bamaylixotir shunday dedi.

- Uni erga bervorish kerak, bolam.

Men o`rnimdan sapchib ketdim:

- Erga berish kerak, deysizmi, amaki? Kimga?

U elka qisdi.

- Kimga berish yoki bermaslik sening ishing, meniki emas.

Men amakimning gapini bir hafta o`ylab yurdim va nihoyat u haq ekan, degan qarorga keldim.

Keyin kuyov qidirishga tushdim. Bir maxal maxalliy sudya men bilan tushlik qilib o`tirgan chog`da qiziq gap aytib qoldi.

- Pomel xolaning o`g`li yana bir bezorilikka qo`l uribdi. Shu bola ju bejo chiqdi-da! Ilonning bolasi ilon bo`larkan-da?

Pomel xola deganlari yoshligida binoyiday ael bo`lgan deyishadi. Qartayib ko`zi och bo`lib qolgandi. U bir chaka evaziga butun borlig`ini, xatto o`g`linin ham sotib yuborishga tayyor edi.

Men uning uyiga borib, bafurja x`amma gapni tushuntirb berdim. Men xali gapimni tugatmay ael betokatlik bilan gap qo`shdi:

- Xo`sh. shu qizcha uchun qancha to`lamoqchisiz?

Kampri pixini yorgan tullak ekanini bilganim uchun xammasiga oldidan tayyorgarlik ko`rib qo`ygandim.

Qarangki, Sasvilning shundoq yonida mening uchta kichkina tomorqam bo`lib, ular menga qarashli fermalarga tutash erda edi. Fermerlar bu dalalarning uzoqligidan shikoyat qilavergach, ulardan olti akr keladigan ana shu shu erni qaytarib oldim. Fermerlar yana dodlab jonga tegishdi. Shunda men ular bilan tuzilgan shartnomalarning parrandachilikka oid qismini bekor qilishga majbur bo`ldim. Shu tariqa ishlarni bir amallab yulga qo`yib oldim. Keyin qo`shnim d'Omontedan daryo bo`yidagi erini sotib oldim-da, o`sha erda kichikroq bir uycha qurib oldim. Bungayam salkam bir yarim ming frank pul ketdi. Shu tariqa kichik bir xo`jalik paydo bo`ldi. Men usha erni qizning sepiga qo`shib berishga qaror qildim.

Avvaliga kampir bu kam degandek, xarxasha boshladi, men esa baribir rozi bo`lishini bilib, gapimda turib oldim. Xullas, u bilan kelishdik.

Ertasi kuni kutilmaganda uning o`g`li paydo bo`lib qoldi. Uning aftini eslab qololganim yo`q. Har holda uning tashki ko`rinishi meni

qanoatlantirdi.

U gapni ancha uzoqdan boshlb keldi. go`yoki o`zini mol sotib oilsh uchun kelgan kishi qilib ko`rsatdi. gap maqsadga kuchgach, u xo`jalikni borib kurar bo`ldi. Biz dalani kesib o`sha tomonga ketdik. Haligi yigit meni dalada rosa uch sota ushlab turdi. ... Hali uychaning tosi qurilmagan edi. haligi tovlamachi esa6 uyning7 tomini qamishdan emas, shiferdan epib berasan, deya shart qo`ydi. Keyin suradi:

- Mebel ham berasizmi?

Men e`tiroz bildirdim:

- Sizga bitta ferma kamlik qilyaptimi?

U tirjaydi:

- O bo`lmasam-chi, bitta ferma, buning ustiga azza-bazza chakaloq ham.

Men beixtiyor qizarib ketdim. U esa davom etardi:

Xullas, gap bundoq, bitta karavot, shkaf, stol, uchta stul va idish-tovoq. Bo`lmasa biz kelisha olmaymiz.

Men rozi bo`ldim. Biz ortga qaytdik. U xali kiz haqida bir og`iz ham suragini yo`q edi. Birdaniga u ayyorona va tund qiyofada menga yuzlandi:

- Bordi-yu, u o`lib qolsa, mol-mulk kimga qoladi.

- Albatta sizga-da, - dedim men.

Bu ertalabdan beri u surashi lozim bo`lgan asosiy gap edi. U shu zahoti menga mamnun qo`l cho`zdi. Ish osonlikcha hal bo`lgadi. Biroq, Rozani bunga ko`ndirish oson kechmadi. U mening oyog`imga yiqilib tavallolar qildi. "Nahotki, siz meniga shu narsani ravo kurdingiz? Siz! Siz!" U mening xar kancha yalinib-yolvorishimga kramay, bir haftacha oyog`ini bir etikka tiqib yurdi. Ayolning aqli kanchalik kalta bo`ladi-ya? Ularning miyasiga sevgi degan narsa urnashib olsa bormi, tamoan o`zlarini yo`qotib qo`yadilar. Boshka narsa xaqida o`ylamay qo`yishadi.

Bora-bora jahlim chikib, uni uydan haydab yuboraman, deya qo`rqitdim. Shunda u oldimga tez-tez kelib turishi uchun ijozat berishimni shart qo`yib, rozi bo`ldi.

Men o`zim uni mehrobga olib bordim, nikoh va to`y xarajatlarini to`liq qopladim. Keyin esa, Turenda yashaydigan akamning uyiga yarim yilga kuchib ketdim.

Qaytib kelib bildimki, u har hafta mening qasrimdan xabar olib turgan ekan. Men kelganimga bir soat ham o`tmay, u qo`lida chakalog`ini ko`tarib kelib qoldi. Ishonasizmi, buvakni qo`limga olishim bilan unga nisbatan ich-ichimda mehr uyg`onganini sezdim. U qo`limga olib, o`pdim ham.

Onasi esa, yarim yilda ozib, chupga aylanib qolgandi. Jin ursin, dedim ichmida, unga er yoqmabdi. Undan tezlikda so`radim.

- Baxtlimisan?

U o`zini tutolmay yig`lab yubordi:

- Men sizsiz yasha olmayman. O`lganim yaxshi. Yashayolmayan.

U qiemat to`polon ko`tardi. Men uni tinchlantirib, darichaga kadar kuzatib qo`ydim. Tushundiki, eri uni har kuni do`pposlaydi, anavi kari boyqo`sh bulsa zarracha kun bermaydi.

Bir kun utib yana keldi. U polga, oyoqlarim ostiga yotib oldi.

- O`ldiring meni, o`ldiring, lekin orqaga qaytarib yubormang. Iltimos!!!

Agar Mirza ham gapirishni bilganida menga shu gaplarni aytgan bo`larmidi? Xullas, bu g`alvalar yana mening jonimga etgdi. va yana

yarim yilga bu erdan bosh olib ketdim. Qaytib kelganimda esa... Roza men kelishimidan uch hafta oldin o`lgan ekan. Mening yo`g`imda har yakshanba kuni qasrga kelib ketarkan, xuddi mirzaga o`xshab. Oradan bir hafta o`tib, chakaloq ham kazo qipti.

Eri esa... Hamma mol-mulk unga meros bo`lib qoldi. O`sha paytlarda u toqqa chiqib ketgan edi. Eshitishmimcha, hozir uni shahar maslahatchisi etib tayinlashgan emish.

De Varnette oxirida kulgi aralash qo`shib qo`ydi:

- Nima qilsayam, men unga kattagina yaxshilik qilganman.

Veterinar vrach Sejur, og`ziga bir kadah aroqni olib borarkan, jiddiy qiyofada xulosa yasadi.

- O`zi bunaqa ayollar bilan o`ralashib qolmaslik kerak-da!

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1