Amerika OAVlari AQSh Federal qidiruv byurosining Klintonlar oilasi Fondiga nisbatan o`z amalidan foydalanganligi yuzasidan tergov ishlari boshlaganligini yozdi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Nashrning xabar berishicha, FQB Clinton Foundation tashkilotining Xillari Klinton bosh kotib lavozimini egallaganida birorta homiydan yordam olganmi-yo`qmi, soliq qonunchiligi asosida ish olib borilganligini aniqlash ishlari bilan shug`ullanmoqda.
Mazkur tergov ishi yuzasidan bir nechta guvohlar so`roq qilingan. Hozircha Xillari Klintonning vakillari mazkur ish yuzasidan hech qanday izoh berishmagan.






