AsosiyShou-biznes

OBID ASOMOV POZILJONOVNING "XONTAXTA"SINI TANQID QILDI!

'OBID ASOMOV POZILJONOVNING "XONTAXTA"SINI TANQID QILDI!'ning rasmi

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Obid Asomov kuni kecha telekanallarning biriga bergan intervyusida “Bojalar” guruhining yakkaxoni Jahongir Poziljonovni tanqidlar bilan “siyladi”...

Obid Asomov: — Jahongirni inson sifatida xurmat qilsam ham uning muallif va boshlovchiligidagi efirga uzatilayotgan “Xontaxta” ko`rsatuvini yoqlamayman. Bir to`da san`atkorlarni olib chiqib “Xontaxta bilan bog`liq qanday qiziq voqealarni aytib bera olasiz” deydi. Shu ham savol bo`ldimi?

Bu ko`rsatuvga keladigan san`atkorlarga ham qoil qolmadim! TVga chiqqaniga hursand bo`lib, jilmayib o`tiraverishadi. Lekin kechirasizu, sen, televediniening, asosiysi tomoshabinlarning vaqtini olyapsanmi, demak bunday betuturuq narsa ko`rsatishga haqqing yo`q! Shu narsani inobatga olishlarini istardim...

    Boshqa yangiliklar