Amerika Qo`shma Shtatlari 4 yanvar kuni “vijdon erkinligi va diniy erkinlik sohasida buzilishlar” bo`layotgan 10 ta mamlakat ro`yxatini e`lon qildi, deb xabar berdi Ru.krymr.com nashri.
Mazkur ro`yxatdan Tojikiston, Turkmaniston va O`zbekiston ham o`rin olgan.
AQSh Davlat departamenti tomonidan payshanba kuni e`lon qilingan bayonotda aytilishicha, bu ro`yxatdan Eron, Xitoy, Shimoliy Koreya, Myanma, Eritreya, Sudan va Saudiya Arabistoni ham joy olgan. Ushbu davlatlar o`tgan yili ham ro`yxatga kiritilgandi.
Davlat departamenti bayonotida Pokiston alohida ta`kidlangan – Vashington ushbu mamlakatda “diniy erkinliklar jiddiy buzilayotganidan” tashvishda ekanligini ma`lum qilgan.






