Shavkat Mirziyoev 2018 yil 5 yanvar kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumaniga tashrif buyurdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.
Zangiota tumanidagi Highway Logistics markazida tashkil qilingan bojxona bo`limi, mavjud texnikalar, transport qatnovi va mahsulotlarni ortish hamda etkazish tizimi bilan tanishib, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etishtirish va saqlashda zamonaviy texnologiyalarni qo`llash bo`yicha zarur ko`rsatmalar berdi.
«Bu kabi logistika markazlarini har bir viloyatda tashkil qilish kerak», — dedi Shavkat Mirziyoev.
Shu erda Toshkent viloyatining eksport salohiyatini oshirish, 2018—2019 yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini etishtirish, saqlash va qayta ishlash, charm-poyabzal sohasini rivojlantirish, chorvachilik, issiqxona xo`jaligini tashkil etish dasturlari taqdimoti bo`lib o`tdi.
Prezident loyihalarni yanada takomillashtirish bo`yicha mutassaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.






