Yangi ochilgan yo`nalish bo`yicha Chimkentdan Toshkentga kelish uchun kattalarga yo`lkira narxi 3000-3500 tenge etib belgilandi. Bolalar uchun hali aniq narx belgilanmadi. Bu haqda “Kazinform” xalqaro axborot agentligi xabar qildi.
“Toshkent – Chimkent” yo`nalishining ilk avtobusi bugun soat 12.20 da (Qozog`iston vaqti bilan) Chimkentdagi eski avtovokzalga etib bordi.
49 o`rinli, qulayliklarga ega “MAN” rusumli avtobus har kuni ikki shahar o`rtasida soat 6.00-7.00 dan 19.00-20.00 gacha qatnaydi.
Yo`nalishning umumiy uzunligi 145 kilometrni tashkil etadi. Ushbu masofa uch soatda bosib o`tiladi.
Ta`kidlash joiz, O`zbekistonning “G`isht ko`prik” bojxona postida mazkur avtobus xizmatidan foydalangan yo`lovchilar alohida koridor orqali navbatsiz o`tkaziladi.






