1

«GM» MAShINALARINING AKSIZ SOLIQ STAVKASI REKORD DARAJADA TUShIRILDI

Iqtisodiyot 05.01.2018, 22:37
«GM» MAShINALARINING AKSIZ SOLIQ STAVKASI REKORD DARAJADA TUShIRILDI

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi qaroriga ko`ra, «GM Uzbekistan»ning engil avtomobillari uchun aksiz soliq stavkasi 5,4 barobarga kamaytirildi.

Hujjatga binoan, 2018 yildan boshlab aksiz soliq stavkasi 5 foizni tashkil etadi.

O`tgan yilning boshida «GM Uzbekistan»ning engil avtomobillar uchun soliq stavkasi 29 foizni tashkil etgan edi. So`ng 2017 yilning yoz mavsumida u 27 foizga tushirilgandi.

Ta`kidlash joizki, aksiz solig`ining bunday kamayishi «GM Uzbekistan» engil avtomobillarining chakana narxlariga ijobiy ta`sir ko`rsatishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1