AsosiySiyosat

TAShQI IShLAR VAZIRI XITOY ELChISI BILAN UChRAShUV O`TKAZDI

'TAShQI IShLAR VAZIRI XITOY ELChISI BILAN UChRAShUV O`TKAZDI'ning rasmi

5 yanvar kuni O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Xitoy elchisi Sun Liszeni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat chog`ida hamkorlikning barcha sohalaridagi keng qamrovli O`zbekiston – Xitoy muloqoti jadal xususiyatga ega ekanligi qayd etildi.

Uchrashuvda ta`kidlanganidek, 2017 yilning may oyida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Xitoyga tarixiy davlat tashrifi va XXR raisi Si Szinpin va mamlakatning boshqa rahbarlari bilan muzokaralari ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatdan yangi bosqichga ko`tardi hamda davlatlar rahbarlari o`rtasidagi o`zaro ishonchning yuqori darajada ekanligini namoyish etdi.

O`zbekistonda o`z diplomatik missiyasini yakunlayotgani munosabati bilan elchiga ko`p yillik muvaffaqiyatli faoliyati va mamlakatlar o`rtasidagi keng qamrovli sohalarda va yo`nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga qo`shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirildi.

    Boshqa yangiliklar